+998 (71) 200-88-22

    Savolingizni bering

    Hurmatli arizachi,

    Murad Buildings yoki hamkor tashkilotlarda ro‘yxatdan o‘tish yoki tanlov jarayoniga oid savollaringiz bo‘lsa, o‘zingizni qiziqtirgan savollarni berishingiz mumkin. Siz bilan 5 ish kuni mobaynida bog‘lanamiz.

    Arizani to‘ldirishdan avval, nomzodlarimiz tomonidan eng ko‘p berilgan savollar bilan tanishib chiqishingizni taklif etamiz. U yerda sizni qiziqtirgan savollarga javob bo‘lishi mumkin.

    Agar robot bo‘lmasangiz,
    sirg‘algichni o‘ngga olib boring
    Bloklangan
    Blokdan chiqarilgan
    Men o‘zimga mos bo‘sh ish o‘rnini topmadim, ammo sizlar bilan ishlashni istayman!

    Saytimizdan sizga to‘g‘ri keladigan bo‘sh ish o‘rnini topa olmagan bo‘lsangiz, kayfiyatingizni tushirmang! “Karyera” sahifasini tez-tez ko‘zdan kechirib turing. Yaqin kunlarda o‘zingizga ma’qul bo‘lgan bo‘sh ish o‘rnini topishingizga umid qilamiz.

    Men anketamni jo‘natdim, ammo bo‘sh ish o‘rni uchun ro‘yxatdan o‘tganligim to‘g‘risidagi tasdiqni olmadim. 

    On-layn anketani to‘ldirganingizdan so‘ng 3 soat vaqt mobaynida xabar olmasangiz, iltimos, “Savol bering” sahifasi orqali bizga murojaat qiling. Xatda mazkur muammoni ko‘rsating va biz siz bilan elektron pochta orqali bog‘lanamiz yoki qo‘ng‘iroq qilamiz.

    Do‘stlarim yoki tanishlarim tavsiyasiga ko‘ra meni ishga olishlari mumkinmi?

    Bo‘sh ish o‘rinlarimiz haqida ma’lumotni istalgan yo‘l orqali bilib olishingizni qo‘llab-quvvatlaymiz. Ammo nomzodingiz ko‘rib chiqilishi uchun saytimiz orqali rasmiy ro‘yxatdan, shuningdek, tanlovning barcha bosqichlaridan, test sinovlaridan, jamoa bilan turli vazifalarni bajarish va intervyudan o‘tishingiz lozim. Tanishlaringiz, do‘stlaringiz yoki qarindoshlaringiz nomzodingiz ko‘rib chiqilishida ishtirok eta olmaydi. Ishga qabul qilinishingizga oid qaror barcha ishtirokchi xodimlar bilan bamaslahat, shuningdek, test natijalariga ko‘ra qabul qilinadi.

    "Murad Buildings" yoki uning hamkorlariga qanday qilib ishga joylashish mumkin?

    Nomzodingiz ko‘rib chiqilishi uchun o‘zingizga ma’qul kelgan bo‘sh ish o‘rniga oid on-layn anketani to‘ldirishingiz lozim. Agar ma’lumotnomangizni kompaniya ofisida qoldirsangiz, mutaxassislarimiz siz bilan bog‘lanishiga kafolat bermaymiz.

    Menga qo‘ng‘iroq
    qiling

    Direktorga yozish