+998 (71) 200-88-22

    Muzaffarov Baxrom

    Muzaffarov Baxrom - loyihalash bo'limi boshlig'i.

    Ma’lumotim bo’yicha me’morman, 2009 yilda Toshkent Arxitektura-Qurilish Institutining, Me’morchilik bo’limini tugatganman

    Me’morchilikda jami ish tajribam 10 yil, MBda men 2 yildan beri ishlayapman va bu yil men MB Studioning loyiha korxonasini boshqaraman. Murad Buildingsga kelishdan oldin Namanganda me'mor sifatida, hamda boshqa loyiha jorxonalarida ishladim.

    Bugungi kunga kelib eng asosiy yutuqlarimdan biri, hozirgi paytda O'zbekistonning me'moriy tuzilmalarini loyihalashda juda kam qo'llaniladigan yuqori texnologiyali, minimalizm va shunga o'xshash loyihalarda zamonaviy uslublardan foydalanish qobiliyatim deb bilaman.

    Agar jamoa haqida gapiradigan bo'lsam, mening muvaffaqiyatimning 90% jamoaga bog'liq. Jamoamizda mehnatsevarlik, me'moriy tuzilmalarni loyihalash bo’yicha qiziqarli va ijodiy yechimlar, o'sib-ulg'ayish va rivojlanishga bo'lgan qiziqish qadrlayman. Jamoa sifatida biz doimo yangi qiyinchiliklarga duch kelamiz va biz bilan bir xil tarzda fikr yuritadigan odamlarni izlaymiz: mas'uliyatli, mehnatkash va do'stona mutaxassislarni. O'z navbatida, bizni jamoaga qo'shilgan barcha kishilar uchun ularning g’aroyib g'oyalarini hayotga tadbiq etish uchun ajoyib imkoniyat bor.

    Hayotdagi shiorim: qilayotgan ishingizni seving va o'zingiz sevgan ish bilan shug’illaning!

    Menga qo‘ng‘iroq
    qiling

    Direktorga yozish