+998 (71) 200-88-22

    Nodira Vaxobova

    Nodira Vaxobova, «Kvadrat Metr Invest» kompaniyasi direktori o‘rinbosari

    2015 yilning sentyabr oyida Savdo bo‘limiga maslahatchi bo‘lib ishga joylashdim. Nisbatan qisqa vaqt ichida ish mahoratimni oshirib, hozirda «Kvadrat Metr Invest» kompaniyasida direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqdaman.

    Mazkur kompaniyani tasodifan tanlaganim yo‘q: birinchidan, bu yerda kelgusida yanada o‘sishim uchun imkoniyatlar mavjudigini his etdim. Ikkinchidan, mazkur kompaniya ahamiyati menga yaqin va ma’lum edi. Men uchun alohida ahamiyatga ega yana muhim narsalardan biri bu kompaniyamizda har bir xodimning professional rivojlanishiga katta e’tibor qaratilayotganidadir.

    Hozirgi kunga qadar erishgan eng katta yutuqlarimdan biri bu menga bildirilgan ishonch, deb bilaman. Bunday qisqa vaqt ichida hamma ham bunga erisha olmaydi. Natijada imkoniyatlarimni ishga solib, yanada yuqori o‘ringa ko‘tarildim.

    Men faoliyat yuritayotgan jamoa ma’lum vaqt ichida birlashib o‘ziga xos «qabila»ni tashkil qilgan — ijodkor, salohiyatli va tarbiyali yoshlardan iborat. Bunday jamoa bilan ishlash faqat mamnuniyat bag‘ishlaydi. 

    O‘z faoliyatimda mijozlarimizni, jamoadagi muhitni hamda eng dadil va o‘ziga xos takliflarni amalga oshirish imkoniyatini qadrlayman. 

    Nima bo‘lmasin, hammasi yaxshilikka ekaniga ishonaman!

    Menga qo‘ng‘iroq
    qiling

    Direktorga yozish