+998 (71) 200-88-22

    Svetlana Malseva

    Svetlana Malseva, "Dream Construction" kompaniyasining ishlab chiqarish-texnikaviy bo‘limi muhandisi 

    «Dream Construction» kompaniyasining ishlab chiqarish-texnikaviy bo‘limida 2015 yil 10 fevraldan buyon, kompaniya qariyb tashkil etilgan ilk kunlardan beri muhandis bo‘lib ishlab kelyapman. 

    Turar joy majmualarining estetikasini ta’minlash imkonini beruvchi qurilish sohasining ilg‘or texnologiyalarini joriy etayotgan, yuqori sifatli zamonaviy qurilish va pardozlash materiallaridan foydalanayotgan ana shunday kompaniyada ishlashni doim istardim.

    Kompaniyadagi faoliyatim davomida qo‘lga kiritgan eng katta muvaffaqiyatlarimdan biri rahbariyatim tomonidan oldimga qo‘yilgan vazifalarni bajarishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmaganida, topshiriqlar o‘z vaqtida bajarilganida, deb bilaman. Jamoa haqida gapiradigan bo‘lsam, uning faol, inoq, mas’uliyatli, dam olishni ham, ishlashni ham biladigan, doim yordamga tayyor ekanini alohida ta’kidlashni istardim. Ish faoliyatimning qiziqarli va mas’uliyatli ekanini qadrlayman. U menga nafaqat mutaxassisligim bo‘yicha, balki loyihalashtirish, moliyalashtirish va pudratchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘z bilimlarimni sinab ko‘rish imkonini bermoqda. Shiorim: «Hech qachon bo‘sh kelma!». Bu menga doim o‘z oldimga oliy maqsadlarni qo‘yish va olg‘a intilishga yordam beradi.

    Menga qo‘ng‘iroq
    qiling

    Direktorga yozish