Murad Buildings kompaniyasi Soy Bo’yi turar joy majmuasidagi xonadon egalariga kalitlarni topshirish jarayoni boshlanganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi. Ushbu muhim bosqich loyihaning birinchi navbati muvaffaqiyatli yakunlanganini va ilk yashovchilar uchun yangi hayot sahifasi boshlanayotganini anglatadi.
Loyihaning birinchi navbatiga kiruvchi to‘rtta blokda barcha qurilish va pardozlash ishlari tasdiqlangan loyiha hujjatlari hamda kompaniya sifat standartlariga to‘liq muvofiq
holda yakunlandi. Davlat tashkilotlaridan barcha zarur ruxsatnomalar olindi va turar joy majmuasining dastlabki to‘rtta bloki foydalanishga tayyor.
Kalitlar Oybek ko‘chasi 38A uy, “Avalon” biznes markazida joylashgan Murad Buildings Kompaniyasining savdo ofisida topshiriladi.
Bo‘lajak yashovchilar xonadonlar kalitlarni qabul qilib olishi, muhim tashkiliy masalalar bilan tanishishi hamda kompaniya vakillariga o’zlarini qiziqtirgan savollarini berishlari mumkin bo‘ladi.
Kalitlarni olish uchun mobil ilova orqali arizatopshirishingizni so‘raymiz:
Kalitlarni topshirish tartibi bo‘yicha batafsil ma’lumotni shaxsiy menejeringizdan olishingiz mumkin.
Mijozlarimizga bildirgan ishonchi uchun chin dildan minnatdormiz va siz bilan bu unutilmas onni — uy haqiqiy ma’noda sizniki bo‘layotgan lahzani baham ko‘rishdan mamnunmiz!