2026-yil 11–12-fevral kunlari poytaxtda ko‘chmas mulk sohasidagi eng muhim tadbirlardan biri — MOVE Real Estate Summit 2026 xalqaro sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy Osiyodagi devellopment, investitsiya va shaharsozlik yo‘nalishlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi hamda Murad Buildings develloperlik kompaniyasi ekspertlari ishtirok etdi.
Sammit turli mamlakatlardan yetakchi ko‘chmas mulk bozori vakillari, arxitektorlar, investorlar va develloperlarni birlashtirdi. Unda sohaning zamonaviy trendalari, texnologik yechimlari va rivojlanish strategiyalari muhokama qilindi. Murad Buildings’ning forum dasturidagi ishtiroki kompaniyaning O‘zbekiston bozorida professional kun tartibini shakllantirish va zamonaviy devellopment standartlarini rivojlantirishdagi faol pozitsiyasini yana bir bor tasdiqladi.

Murad Buildings operatsion direktori Vyacheslav Krivosheev “O‘zbekiston devellopmenti: kompleks o‘zlashtirish trendlari” mavzusidagi panel muhokamasida ishtirok etdi.
Muhokama davomida u hududlarni integratsiyalashgan rivojlantirish strategiyalari haqida so‘z yuritib, turar joy, tijorat va jamoat makonlari yagona ekotizim sifatida yaratilishi zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, Murad Buildings’ning puxta infratuzilma, barqaror muhandislik yechimlari va yashash uchun qulay muhitga ega turar joy majmualarini loyihalash bo‘yicha amaliy tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Murad Buildings texnik direktori Aleksey Lyan “Develloper strategiyasi: texnologik va innovatsion yechimlar. Tez o‘sayotgan bozorda tizimli yondashuv” mavzusida ma’ruza qildi.
U shaharsozlik jihatlariga ta’sir ko‘rsatgan tarixiy shakllangan omillar haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, zamonaviy texnologik yechimlar qurilish muddatlariga qanday ta’sir ko‘rsatishi, energiya samaradorligini, mahsulot sifatini va uning bozordagi raqobatbardoshligini oshirishi haqida to‘xtaldi.

Murad Buildings raqamli transformatsiya loyihalari rahbari Sanjar Yusupov “Tushumni oshirish uchun 4 qadam va marjani ko‘tarish uchun 1 qadam: develloper savdo va narx belgilash tizimini qanday qurishi kerak” mavzusida ma’ruza qildi.
U o‘z chiqishida kompaniyaning savdolarni avtomatlashtirish, onlayn vitrina va pullik bron tizimini joriy etish, shuningdek talab tahliliga asoslangan dinamik narx belgilash bo‘yicha amaliy tajribasini taqdim etdi. Raqamli vositalarni joriy etish natijasida Murad Buildings tushumning 7–12% ga oshganini hamda narxni tizimli boshqarish va Profitbase instrumentlari orqali loyihalar rentabelligi ortganini qayd etmoqda.

Murad Buildings ekspertlarining chiqishlari zamonaviy devellopment nafaqat bino qurishga, balki puxta infratuzilma, qulay jamoat makonlari va yuqori texnologik yechimlarga ega yaxlit shahar muhitini yaratishga yo‘naltirilganini ko‘rsatdi. Kompaniyaning muhokama va ma’ruzalardagi ishtiroki boshqa mamlakatlardan kelgan hamkasblar bilan tajriba almashish, ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash hamda O‘zbekiston va mintaqadagi ko‘chmas mulk bozorining istiqbollarini muhokama qilish imkonini berdi.
Murad Buildings sohadagi muhim tadbirlarda faol ishtirok etishda davom etmoqda va zamonaviy shahar rivoji sohasidagi yetakchi develloper hamda ekspert sifatidagi maqomini mustahkamlamoqda. Zamonaviy va sifatli uy-joy yaratish bo‘yicha ko‘p yillik tajriba, kuchli jamoa va aniq rivojlanish strategiyasi kompaniyaning yetakchilik pozitsiyasini tasdiqlaydi.