ico ico
ico
ico
+998 78 122 88 22
Kvartira tanlash ico
1
Oʻz
+998 78 122 88 22

Yangiliklar

Ipoteka Bank OTP Group va Murad Buildings “Imkoniyat” ipoteka dasturini ishga tushirdi
Ipoteka Bank OTP Group va Murad Buildings “Imkoniyat” ipoteka dasturini ishga tushirdi

Ipoteka Bank OTP Group va yurtimizning yetakchi quruvchilaridan biri bo‘lgan Murad Buildings hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni imzolashdi. Bu hamkorlikning asosiy maqsadi — ipoteka kreditlarini ommalashtirish va O‘zbekistonda yangi uy sotib olishni yanada qulay qilish.

 

Kelishuv doirasida yangi “Imkoniyat” ipoteka dasturi yo‘lga qo‘yildi. Dasturda mijozlar quyidagi shartlarda uy xarid qilishi mumkin:

- foiz stavkasi: kadastr chiqqunga qadar 20%, kadastrdan keyin 18%;

boshlang‘ich to‘lov: 20% dan;

kredit muddati: 20 yilgacha;

maksimal kredit miqdori: 1 700 000 000 so‘m.

 

Dastur Murad Buildings’ning Toshkentdagi quyidagi loyihalarida amal qiladi:

- Soy Bo’yi (Shayxontohur tumani, Jurg‘oniy MFY, Y. Sakkokiy ko‘chasi, 3a-uy)

- Regnum Plaza (Mirzo Ulug‘bek tumani, Sayram ko‘chasi)

Bu hamkorlik bank va qurilish kompaniyasi o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlaydi, shuningdek, mijozlarga sifatli uylarni yanada qulay shartlarda sotib olish imkonini beradi.

 

Ipoteka Bank OTP Group vakili bu borada shunday dedi:

 

“Imkoniyat” dasturi orqali ipoteka kreditlarini yanada ommalashtirish va aholiga keng moliyaviy imkoniyatlarni taqdim etishni maqsad qilganmiz. Murad Buildings bilan hamkorlik esa mijozlarga uy xarid qilishda aniq va tushunarli yechim taklif qiladi.

 

“Ipoteka Bank OTP Group bilan hamkorlik — Murad Buildings’ning mijozlarga xizmat ko‘rsatishni rivojlantirishga qaratilgan strategiyasining bir qismi. Endi xaridor ortiqcha qiyinchiliklarsiz va tushunarli shartlar asosida, xonadonni xarid qilish jarayonidayoq ipoteka olishi mumkin.

 

Biz uchun bu yo‘l imkon qadar sodda va qulay bo‘lishi muhim. Shu bois jarayonlarni yo‘lga qo‘yayotganda, mijozning har bir bosqichda o‘zini ishonchli his qilishini inobatga olganmiz.

 

Buning ortida jamoamizning katta mehnati va kompaniya ichidagi barcha jarayonlarning shaffofligi turadi. Bu esa xaridorga xarid paytida qo‘shimcha ishonch bag‘ishlaydi”, — deya ta’kidladi Murad Buildings tijorat direktori Olga Butenko.

Ipoteka-bank haqida

 

Ipoteka-bank OTP Group — O‘zbekistonning yetakchi banklaridan biri bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslarga moliyaviy xizmatlarni taklif qiladi. Bank hamyonbop ipotekani rivojlantirishga va zamonaviy moliyaviy yechimlarni joriy etishga e’tiborini qaratgan.

 

Murad Buildings haqida

 

Murad Buildings — yuqori sifat, qulaylik va zamonaviy shahar infratuzilmasiga urg‘u berib, turar joy va ko‘p funksiyali loyihalarni amalga oshiradigan yetakchi developer.

Boshqa yangiliklar
Murad Buildings ekspertlari ARCHICA Central Asia 2026 ko‘rgazmasida qatnashdi
Murad Buildings ekspertlari ARCHICA Central Asia 2026 ko‘rgazmasida qatnashdi
To‘liq o‘qish
Murad Buildings ta’lim sohasidagi ixtisoslashgan institutlar bilan strategik hamkorlikni kengaytirmoqda
Murad Buildings ta’lim sohasidagi ixtisoslashgan institutlar bilan strategik hamkorlikni kengaytirmoqda
To‘liq o‘qish