ico ico
ico
ico
+998 78 122 88 22
Kvartira tanlash ico
1
Oʻz
+998 78 122 88 22

Yangiliklar

Murad Buildings Regnum Plaza turar joy majmuasining birinchi navbatdagi binosini tantanali ravishda ochdi
Murad Buildings Regnum Plaza turar joy majmuasining birinchi navbatdagi binosini tantanali ravishda ochdi

20-may kuni Regnum Plaza’da birinchi navbatdagi binoning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bugungi kunda loyiha Toshkentning me’moriy qiyofasida alohida o‘rin egallab ulgurgan bo‘lib, ushbu ochilish uning rivojlanishidagi muhim bosqichlardan biri bo‘ldi.

Regnum Plaza boshidanoq fasadi oddiy tashqi ko‘rinish emas, balki loyihaning asosiy me’moriy elementi sifatida yaratilgan. Fasadlarning puxta ishlangan shakli tufayli bino kun davomida turlicha ko‘rinadi — yorug‘lik, akslar va teksturalar o‘zgarib boradi. Bu esa shahar ritmi bilan uyg‘unlashadigan “jonli me’morchilik” hissini beradi.

Murad Buildings uchun ushbu loyiha detallar va fasad estetikasiga bo‘lgan e’tibor nafaqat binoning tashqi ko‘rinishini, balki uning uzoq muddatli qiymatini ham belgilashini yana bir bor tasdiqladi.

Birinchi navbatdagi binoning ochilishi keng dastur asosida o‘tdi: ta’sischi Murodxon Nazarov nutq so‘zladi, jonli orkestr chiqish qildi, mahorat darslari va jaz guruhi dasturi tashkil etildi. Kecha davomida me’morchilik, musiqa va shahar madaniyati uyg‘unlashib, loyihaning asosiy g‘oyasi — estetika kundalik hayotning bir qismiga aylanishi — yana bir bor namoyon bo‘ldi.

Bugungi Regnum Plaza — bu shunchaki yakunlangan qurilish bosqichi emas. Bu me’morchilik, tadbirlar va insonlar birlashadigan yangi shahar muhiti shakllanishining boshlanishidir.

Boshqa yangiliklar
Murad Buildings ko‘magida rekonstruksiya qilingan 556-sonli “Orzu” nomli MTTning ochilishi: g‘amxo‘rlik, rivojlanish va kelajak makoni
Murad Buildings ko‘magida rekonstruksiya qilingan 556-sonli “Orzu” nomli MTTning ochilishi: g‘amxo‘rlik, rivojlanish va kelajak makoni
To‘liq o‘qish
Ipoteka Bank OTP Group va Murad Buildings “Imkoniyat” ipoteka dasturini ishga tushirdi
Ipoteka Bank OTP Group va Murad Buildings “Imkoniyat” ipoteka dasturini ishga tushirdi
To‘liq o‘qish